P&G Iste’molchining maxfiyligi siyosati
12/23/2020
Biz Siz bilan ishonchga asoslangan munosabatlarni o‘rnatishga va
qo‘llab-quvvvatlashga juda intilamiz. Shuning uchun ham Sizning sir
tutilishi kerak bo‘lgan ma’lumotlaringizni qayta ishlanishiga e’tibor va
ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lamiz va ushbu ishonchga mos keluvchi
usullardan foydalanamiz. Mazkur hujjat Sizga bu qayta ishlashni qanday
amalga oshirishimiz, jumladan qanday ma’lumotlarni to‘plashimiz, ulardan
qanday foydalanishimiz va ularni qanday himoya qilishimiz hamda Sizning
bunday ma’lumotlarni qayta ishlanishiga qanday ta’sir qilishingiz
mumkinligi haqida bilishingizga imkon beradi. Maqsadimiz — kontentimiz,
mahsulotlarimiz, reklama va xizmatlar uchun Sizning ma’lumotlaringizdan
qanday foydalanishimizni tushinishingizga yordam berish.
Quyida maxfiylik siyosatimizga qisqacha kirish taqdim etiladi
Ma’lumotlarning qanday turlarini to‘playmiz
-
Siz bizga taqdim etadigan ma’lumotlar
-
Siz bizga murojaat qilganingizda, saytlarimizga tashrif
buyurganingizda, mobil ilovalarimiz yoki xizmatlarimizdan
foydalanganingizda, mahsulotlarimizdan yoki qurilmalarimizdan
foydalanganingizda yoki reklamamizni ko‘rganingizda biz to‘playdigan
ma’lumotlar
-
Siz bunday ma’lumotlarni uzatish yoki sotishga rozilik olgan yoki Siz
bunday ma’lumotlarni olgan boshqa kompaniyalarning ularni siz bilan va
o‘z navbatida biz va/yoki boshqa kompaniyalar bilan baham
ko‘rishishlari mumkinligiga ishonchingiz komil bo‘lgan boshqa
kompaniyalardan olinadigan ma’lumotlar
-
Siz ularning veb-saytlariga tashrif buyurganingizda biz boshqa
kompaniyalardan oladigan ma’lumotlar
Biz bunday ma’lumotlarni yoki ularning istalgan qismini eng yaxshi
mahsulotlar va xizmatlar yaratish va iste’molchilarga xizmat ko‘rsatish
sifatini oshirish uchun birlashtirishimiz mumkin.
Sizning ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz
-
Siz so‘ragan mahsulotlar va xizmatlarni yuborishda
-
Sizga marketing bo‘yicha hamkorlarimizning mahsulotlari va xizmatlari
haqidagi ma’lumotlarni taqdim etishda
-
Saytlarning ishlashi va xizmatlar ko‘rsatish samaradorligini oshirish
uchun
Sizning ma’lumotlaringizni uchinchi tomonlarga qanday qilib va qachon
beramiz
-
Sizning roziligingizni olgandan keyin biz ular Sizga biz Sizni
qiziqtirishi mumkin, deb hisoblaydigan reklama aktsiyalari va o‘z
mahsulotlari va xizmatlari haqidagi e’lonlarni yubora olishlari uchun
Sizning ma’lumotlaringizni beramiz.
-
Kompaniyamiz faoliyatini boshqarishda bizga yordam beruvchi biz
yollaydigan boshqa kompaniyalarga
-
P&G kompaniyasi brendi yoki kompaniyaning bir qismini boshqa
kompaniyaga sotish doirasida
-
O‘z huquqlarimiz va mulklarimizni himoya qilishda yordam berish uchun,
masalan, firibgarlikning oldini olish yoki axborot xavfsizligini
ta’minlash uchun
-
Bu qonunchilik yoki davlat organlari tomonidan talab qilinganida
Sizning tanlovingiz
Quyidagi havolaga bosish orqali Siz bizning ma’lumotlaringizdan qanday
foydalanishimiz mumkinligini bizga xabar qilishingiz mumkin:
Agar siz Evropa Iqtisodiy Hududida ("EEA") yoki Buyuk Britaniyada ("Buyuk Britaniya") yashasangiz, siz shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha ba’zi huquqlarga, jumladan siz haqingizda bizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga kirish, ulargaga tuzatishlar yoki yangilanishlar kiritish, bizga o‘sha ma’lumotlarni o‘chirishni aytish yoki o‘sha ma’lumotlardan ko‘chma nusxa olish huquqlariga egasiz. Ushbu huquqlar har qanday holatda ham qo‘llanilavermaydi. Iltimos, quyidagilarni qilish uchun quyidagi havolalarni bosing:
Sizning ma’lumotlaringizni qanday to‘playmiz
Biz siz haqingizdagi ma’lumotlarni turli joylardan ko‘pgina usullarda to‘playmiz. Biz to‘playdigan ma’lumotlardan ayrimlari sizni tanitishda foydalanish mumkin bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarni o‘z ichiga olishi mumkin; masalan, ismingiz, elektron pochta manzilingiz, telefon raqamingiz yoki pochta manzilingiz. EEA dagi mamlakatlar, Buyuk Britaniya kabi ayrim mamlakatlar yoki Kaliforniya kabi shtatlarda IP-manzil yoki cookie fayli va mobil qurilma identifikatorlari kabi narsalar ham shaxsiy ma’lumotlar deb hisoblanadi.
Yodda tuting
: Biz Sizga eng yaxshi mahsulotlar, xizmatlar va yuqori xizmat
ko‘rsatish sifatini taqdim etish uchun Siz to‘g‘ringizda to‘playdigan
barcha ma’lumotlarni birlashtirishimiz mumkin.
Siz o‘zingiz taqdim etadigan ma’lumotlar.
Siz saytlarimiz yoki mobil ilovalarimizdagi akkauntda ro‘yxatdan o‘tishda
yoki telefon yoxud elektron pochta orqali biz bilan bog‘langaningizda
shaxsiy ma’lumotlarni bizga taqdim etasiz. Biz Sizdan ismingiz, elektron
pochta manzilingiz yoki pochta manzilingiz, tug‘ilgan sanangiz, to‘lov
ma’lumotlari, yoshingiz, jinsingiz, oilangizdagi kishilar soni hamda
bizning mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz haqidagi ma’lumotlarni Sizga,
masalan, Sizning uy manzilingizga, elektron pochta manzilingizga yoki
matnli xabar orqali yuborishimizni xohlashingiz yoki yo‘qligi kabi
ma’lumotlarni bizga taqdim etishingizni so‘rashimiz mumkin.
Saytlar orqali va elektron pochtaga.
Biz Siz saytlarimizga tashrif buyurganingizda, e’lonlarimizni
ko‘rganingizda yoki mahsulotlarimiz yoki xizmatlarimizdan
foydalanganingizda ma’lumotlarni avtomatik tarzda to‘playdigan
texnologiyalardan foydalanishimiz mumkin. Masalan, biz Sizning qanday
brauzerdan va operatsion tizimdan foydalanishingiz, IP-manzilingiz, Siz
tashrif buyuradigan veb-sahifalar, Siz o‘tgan havolalarni hamda xatimizni
ochganligingiz yoki yo‘qligi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bilish uchun
cookie fayllaridan (kompyuteringiz brauzerida saqlanuvchi kichkina fayl)
foydalanamiz.
Mobil ilovalar va Internetga ulangan qurilmalar orqali.
Sizga eng yaxshi xizmat ko‘rsatish sifatini taqdim etish uchun biz
telefoningizdan (mobil ilovalarimizdan foydalanilgan hollarda) va
uyingizdagi "aqlli" qurilmalardan ma’lumotlar to‘plovchi texnologiyalardan
foydalanishimiz mumkin. Ilovani yuklab olishda va Internetga ularnuvchi
maishiy qurilmalarni o‘rnatishda bunday ma’lumotlarni berishga rozi
bo‘lasiz. Bu ma’lumotlar mobid telefoningiz yoki qurilmaning boshqa
identifikatori, telefoningiz operatsion tizimi, Siz tomoningizdan bunday
ilovadan yoki qurilmadan foydalanilishi hamda joylashgan joyingiz haqidagi
ma’lumotni o‘z ichiga olishi mumkin. Telefoningizda yoki qurilmada Siz
suzib chiquvchi bildirishnomani olasiz, u Sizga biz tomonimizdan Sizning
aniq geolokatsiyangizni (Siz joylashgan yoki Internetga kiradigan joy)
aniqlashimizga ruxsat berish yoki rad qilishga imkon beradi.
Boshqa joylardan.
Biz kompaniyalar bizga beradigan yoki sotadigan ma’lumotlardan
foydalanishimiz mumkin. Masalan, Siz telokommunikatsiya xizmatlarini olish
yoki chakana savdo do‘konlari uchun sodiqlik bo‘yicha bonus dasturida
qatnashishdagi yozishmalarda boshqa kompaniyaning bizga shaxsiy
ma’lumotlaringizni berishiga rozilik berasiz. Biz yana ma’lumotlarni Siz
bunday ma’lumotlarning hammabopligini biladigan joylardan, masalan,
internet-xabarlar, bloglardagi yozuvlar yoki ijtimoiy tarmoq saytlaridan
ham to‘plashimiz mumkin. Biz yana ma’lumotlarni hammabop ma’lumotlar
omboridan yoki Siz tomoningizdan bunday ma’lumotlardan foydalanilishiga,
jumladan ma’lumotlaringizdan biz tomonimizdan foydalanilishiga ham rozilik
berishingiz bilan ma’lumotlarni olgan holda Siz haqingizdagi ma’lumotlarni
to‘plash va jamlash bilan shug‘ullanuvchi boshqa kompaniyalardan ham
olishimiz mumkin. Bular Sizning daromad darajangiz, yoshingiz, jinsingiz,
oilangizdagi kishilar soni va Siz internetda yoki yaqin-atrofdagi
do‘konlardan xarid qiladigan mahsulotlar haqidagi ma’lumotlar bo‘lishi
mumkin.
Sizning ma’lumotlaringizdan qanday foydalanamiz
Biz ma’lumotlardan maqsadlarimiz — butun dunyo bo‘ylab Siz kabi
kishilarning hayotiga ta’sir qilish va uni yaxshilashga erishish uchun
foydalanamiz. Biz Sizning ma’lumotlaringizdan Sizga saytingiz yoki P&G
ilovasi sozlamalarini boshqarishga yordam bergan va tanlovlarimiz yoki
lotoreyalarimizni joylashtirishga yoki Siz bizda xarid qiladigan
mahsulotlar uchun to‘lovlarni qayta ishlashga imkon bergan holda Sizning
savollaringizga yoki ma’lumotlar olish bo‘yicha so‘rovlaringizga javob
berish, Siz so‘ragan mahsulotlarimiz yoki ularning namunalarini yuborish
uchun foydalanamiz. Biz yana Sizning shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlaringizdan
(masalan, xarid to‘g‘risidagi ma’lumotlar, naumalarni olish haqidagi
so‘rovlar va hok.) iste’molchilarning nimani xohlashlari to‘g‘risida
ko‘proq bilish uchun iste’molchilar talablarini tadqiq qilish va tahlil
qilishda (yoki agar Siz bunday tadqiqotlarda qatnashishga rozilik bergan
bo‘lsangiz — shaxsiy ma’lumotlar) ham foydalanashimiz mumkin — shu tarzda
biz yangi mahsulotlar yaratishimiz yoki mavjudlarini yaxshilashimiz mumkin.
Sizning ma’lumotlaringizdan foydalanishning boshqa usuli Siz bizdan
oladigan ma’lumotlarning shaxsan Siz uchun mos va foydali bo‘lishiga
ishonch hosil qilishdan iboratdir. Masalan, agar Siz bizning soqol olish
vositalarimizga qiziqish bildirsangiz va Gillette.com saytiga tashrif
buyurgan bo‘lsangiz, biz Sizga Gillette® mahsulotlari to‘g‘risidagi
ma’lumotlarni yuborishimiz mumkin. Bunda biz Gillette ning aynan bitta
reklamasini ko‘rishlar sonini cheklash uchun Sizning ma’lumotlaringizdan —
cookie fayli identifikatori yoki qurilma identifikatoridan foydalanamiz.
Biz Sizning bitta xabarni qayta-qayta olmasdan, o‘zingiz foydalanadigan va
Sizga yoqadigan mahsulotlar haqida bilishingizni xohlaymiz.
Biz yana veb-saytlarimizdan qanday foydalanilishini yaxshiroq tushinish
hamda ushbu toifaga kiruvchi barcha iste’molchilarning ehtiyojlariga javob
beruvchi mahsulotlar yarata olishimiz va xizmatlar taklif qila olishimiz
uchun iste’molchilarning odatlarini o‘rganish maqsadida alohida shaxslarni
tanib olmagan holda ko‘pgina odamlardan olingan umumlashtirilgan
ma’lumotlardan ham foydalanishimiz ham mumkin. Masalan, biz yosh ota-onalar
bo‘lgan va bizning bolalar uchun tovarlarga bag‘ishlangan veb-saytlarimizni
ko‘ruvchi iste’molchilar haqida ko‘p narsani bilishimiz mumkin. Bu
ma’lumotlar bizga aynan ular uchun zarur bo‘lgan mahsulotlar va xizmatlarni
taklif qilgan holda butun dunyodagi yosh ota-onalarga yaxshiroq xizmat
ko‘rsata olishimiz uchun zarur. Shaxsiy bo‘lmagan ma’lumotlardan
foydalanishning bunday usuli Sizning maxfiyligingizni himoya qilishga
yordam beradi. Shu sababli biz doimo shaxsiy ma’lumotlarga tegishli
bo‘lmagan ma’lumotlardan foydalanishga intilamiz.
Sizning maxfiyligingizni yanada ko‘proq himoya qilish uchun biz u yoki bu
masalani hal qilish uchun Sizning ma’lumotlaringizdan foydalanishni
maksimal darajada kamaytiramiz. Biz ma’lumotlarning aralashib ketishining
oldini olish uchun choralar ko‘ramiz (cookie fayllari identifikatorlari va
qurilma identifikatorlari, masalan, ism bo‘yicha bevosita Sizni tanib
olishga imkon beradigan hollarda). Biz Sizning ma’lumotlaringizni ular
tijoriy faoliyatimiz uchun boshqa kerak bo‘lmay qolganidan keyin darhol
o‘chirib tashlaymiz.
Sizning ma’lumotlaringizni qanday himoya qilamiz
Biz Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni hurmat qilamiz va ularni
yo‘qotishlar, ruxsatsiz foydalanishlar yoki buzishlardan himoya qilish
uchun choralar ko‘ramiz. Zarur bo‘lgan hollarda bu choralar brandmauerlar,
suqilib kirishlarni aniqlash va ularning oldini olish tizimlari, o‘ziga xos
va murakkab parollar hamda shifrlash kabi texnik himoya vositalarni o‘z
ichiga olishi mumkin. Biz ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha xodimlarni
tayyorlash, ma’lumotlar bilan bog‘liq bo‘lgan hodisalar va xatarlarni tanib
olish, xodimlarning Sizning shaxsiy ma’lumotlariga kirishlarini cheklab
qo‘yish va fizik xavfsizlikni ta’minlash, foydalanilmayotgan hujjatlar
xavfsizligini tegishli darajada ta’minlash kabi tashkiliy va fizik
choralarni ham ko‘ramiz
Qanday ma’lumotlarni uzatamiz
Boshqa kompaniyalarga.
Sizning ruxsatingiz bilan ular biz sizni qiziqtirishi mumkin, deb
hisoblaydigan takliflari, reklama aktsiyalari yoki mahsulotlari yoxud
xizmatlari haqidagi e’lonlarini Sizga yubora olishlari uchun Sizning
ma’lumotlaringizni tanlangan hamkorlarimiz bilan baham ko‘rishimiz mumkin.
Masalan, Pampers® kabi tagliklarimizni ishlab chiqaruvchi brendlarimizdan
P&G elektron xatlarini oluvchi kishilar yana boshqa kompaniyalar
tomonidan ishlab chiqariluvchi bolalarning ovqatlanishi uchun aralashmalar
to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olishga rozilik berishlari mumkin. Biz Sizning
shaxsiy ma’lumotlaringizni marketing maqsadlarida uchinchi shaxslarga
sotmaymiz. Biz faqat Sizni shaxsan tanitmaydigan ma’lumotlarnigina
qandaydir maqsadlar uchun boshqa kompaniyalarga berishimiz mumkin.
Xizmatlarning ta’minotchilariga.
Bizga Sizning ma’lumotlaringizni o‘zimiz birgalikdagi tijoriy faoliyatni,
jumladan saytlarimizga joylashtirish, Sizga xatlarimizni etkazib berish,
o‘zimiz to‘plagan ma’lumotlarni tahlil qilish hamda Sizga Siz tomoningizdan
buyurtirilgan mahsulotlar va xizmatlarni yuborishni amalga oshiradigan
kompaniyalarga berishga to‘g‘ri kelishi mumkin. Biz faqat bu kompaniyalarga
biz ularga topshiradigan vazifalari bajarish uchun zarur bo‘ladigan shaxsiy
ma’lumotlarnigina beramiz. Ular Sizning ma’lumotlaringizni himoya qilish
bo‘yicha biz zimmamizga oladigan majburiyatlar bilan bir xil
majburiyatlarni o‘z zimmalariga oladilar va bunday ma’lumotlarni
boshqalarga bermaydilar va biror-bir maqsadda ulardan foydalanmaydilar.
Boshqa holatlarda.
Agar Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni bergan biror-bir brendimiz yoki
korxonamiz boshqa kompaniyaga sotilsa, Sizning ma’lumotlaringiz bu
kompaniyaga beriladi. Natijada Sizning qayd yozuvingiz va undagi shaxsiy
ma’lumotlaringiz o‘chirilmaydi, Siz bunday yangi kompaniyaga ularni
o‘chirish to‘g‘risida iltimos bilan murojaat qiladigan hollar bundan
mustasno. Biz yana Sizning shaxsiy ma’lumotlaringizni huquqlarimiz va
mulklarimizni himoya qilishda yordam beruvchi kompaniyalarga yoki bu
qonunchilik yoki davlat organlari tomonidan talab qilingan hollarda ham
berishimiz mumkin.
Sizning huquqlaringiz va tanlash imkoniyati
Marketing
Siz bunday xabarlarni rad qilish bo‘yicha ko‘rsatmalarga amal qilgan holda
bizdan Sizga elektron xatlar va matnli xabarlarni yuborishni to‘xtatishni
so‘rashingiz mumkin. Siz yana
bu yerga bosish
orqali elektron pochta orqali marketing xabarlari, SMS yoki pochta
tarqatmalarini olishni rad qilishingiz mumkin. Biz Sizning talabingizni
bajaramiz, biroq buning uchun bizga ayrim ma’lumotlarni saqlab qolishga
to‘g‘ri kelishi mumkin. Masalan, agar Siz bizga marketing xatlarini
yuborishni to‘xtatishni aytsangiz, biz tizimimiz Sizning bu elektron pochta
manziliga boshqa marketing xabarlarini olishni xohlamasligingizni eslab
qolishi uchun Sizning elektron pochta manzilingizni saqlab qolishimiz
kerak.
Qayd yozuvlari
O‘zingiz ro‘yxatga olingan mamlakatga bog‘liq ravishda Siz
ma’lumotlaringizga kirish huquqiga ega bo‘lishingiz va P&G qayd
yozuvingizdagi ma’lumotlarni yangilash yoki o‘chirish imkoniyatiga ega
bo‘lishingiz mumkin. Agar Sizda bunday imkoniyat mavjud bo‘lmasa,
bu yerga bosish orqali
so‘rov yuborishingiz mumkin.
EEA yoki Buyuk Britaniya rezidentlari.
Agar siz EEA yoki Buyuk Britaniyada yashasangiz yoxud EEA yoki Buyuk Britaniyada bo‘lib turgan bo‘lsangiz, siz bizda siz haqingizda mavjud bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga kirishingiz, aniq bo‘lmagan, eskirgan yoki bundan buyon kerak bo‘lmaydigan ma’lumotlarning tuzatilishi, o‘chirilishi yoki cheklanishini talab qilishingiz va bizdan ma’lumotlaringizni boshqa xizmat provayderiga o‘tkazishingizga imkon beruvchi formatda taqdim etishimizni so‘rashingiz mumkin. Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashda biz sizning roziligingizga tayanadigan joylarda istalgan vaqtda roziligingizni chaqirib olishingiz mumkin. Va qayta ishlash bizning qonuniy manfaatlarimizga asoslanadigan hollarda (bu bizning ma’lumotlardan foydalanish uchun sababga egaligimizni anglatadi) shaxsiy ma’lumotlaringizni qayta ishlashimizga e’tiroz bildirishingiz mumkin (bu bizdan ularni qayta ishlashni to‘xtatishni so‘rashjingizni anglatadi). Agar siz ma‘lumotlarni himoya qilish va umuman shaxsiy ma‘lumotlarga oid huquqlaringiz to‘g‘risida ko‘proq ma‘lumotlar olishni xohlasangiz, Evropa Ma’lumotlarini himoya qilish bo‘yicha nazoratchining https://edps.europa.eu/data-protection/ dagi sayti yoki Buyuk Britaniyaning Axborot komissari ofisining https://ico.org.uk dagi saytiga tashrif buyuring. Agar siz talabingizga javobimizdan qoniqmagan bo‘lsangiz, mamlakatingizdagi ma’lumotlarni himoya qilish bo‘yicha vakolatli organga shikoyat qilishingiz mumkin. Talab qilish uchun quyidagi opsiyalardan tanlang:
Umumiy so‘rovlar
. Marketing maqsadlarida foydalaniluvchi, masalan, veb-saytlarimizdan yoki
ilovalarimizdan birida ro‘yxatdan o‘tishda Siz bizga taqdim etgan
ma’lumotlarni o‘z ichiga oluvchi shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan so‘rov
yuborish uchun biz bilan
bu yerda
bog‘laning.
Mediadagi reklama
. Reklama uchun foydalaniluvchi, o‘z ichiga, masalan, cookie fayllari yoki
qurilmalarning idetifikatorlari yordamida olishimiz mumkin bo‘lgan va Sizga
tegishli reklama e’lonlarini yuborishda foylaniladigan ma’lumotlarni
oluvchi shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan so‘rov yuborish uchun biz bilan bu yerda bog‘laning.
Sizning cookie fayllaringiz yoki qurilmalaringiz identifikatorlari bilan
bog‘liq bo‘lgan va iste’mol (reklamani etkazib berish) va e’lonlarni
verifikatsiya qilish ustuvorligiga ega bo‘lgan hamkorlik platformalarimizga
joylashtirilgan ma’lumotlar mavjud bo‘lishi mumkin. O‘sha ma’lumotlarni
ko‘rish uchun bu yerga va bu yerga
bosing.
Marketing tadqiqotlari
. Biz Sizning tadqiqotlarimizda ishtirokingiz vaqtida olishimiz mumkin
bo‘lgan shaxsiy ma’lumotlarga nisbatan so‘rov yuborish uchun Sizning
axborotli rozilik blankingizda ko‘rsatilgan kontakt ma’lumotlariga murojaat
qiling, qo‘ng‘iroq qiling yoki o‘zingizning marketing tadqiqotlari
markazingizga tashrif buyuring.
Stomatologlar uchun ma’lumotlar.
Agar Siz stomatolog bo‘lsangiz va o‘z ma’lumotlaringizni professional
o‘qitish va qo‘llab-quvvatlash dasturlarimizdan biri doirasida, jumladan https://www.dentalcare.com, sayti
orqali bizga taqdim etgan bo‘lsangiz, quyida sanab o‘tilgan mos telefon
raqami va elektron pochta manzili yordamida biz bilan bog‘laning.
Cookie fayllari
Cookie fayllari — bu Siz u yoki bu veb-saytga tashrif buyurganingizda
qurilmangizga saqlanuvchi kichkina fayllar. Ular Sizning o‘zingiz tashrif
buyuradigan veb-saytlardagi harakatlaringiz haqidagi foydali ma’lumotlarni
saqlaydilar. Cookie fayllari kompyuteringiz, qurilmangiz yoki
fayllaringizda saqlanuvchi ma’lumotlarni to‘plamaydi. Cookie fayllarida
Sizning shaxsingizni bevosita tanituvchi hech qanday ma’lumotlar mavjud
bo‘lmaydi. Cookie fayllari kompyuteringiz yoki qurilmangizni faqat
tasodifiy raqamlar va harflar (masalan, cookie fayli identifikatori
ABC12345) sifatida ko‘rsatadi va hech qachon, masalan, Karim A. Salimov
kabi ko‘rinishda aks ettirmaydi.
Biz cookie fayllaridan quyidagi kabi bir necha sabablar bo‘yicha
foydalanamiz:
-
tegishli reklamani taqdim etish
-
Sizning P&G kompaniyasi ma’lumotlari bilan qanday o‘zaro aloqa
qilishingiz haqida ko‘proq bilish
-
foydalanuvchi interfeysi qulayligini oshirish
-
til va mintaqa kabi Sizning afzalliklarini eslab qolish, bu har bir
tashrif buyurish vaqtida veb-saytni sozlash zaruriyatini istisno
qilishga imkon beradi
-
xatolarni aniqlash va bartaraf qilish
-
veb-saytlarimizning qanchalik darajada samarali ekanligini tahlil
qilish
Biz cookie fayllarining quyidagi turlaridan foydalanamiz:
-
Seansli cookie fayllari.
Veb-sahifalar xotiraga ega emas. Seansli cookie fayllari Sizga o‘zingiz
saytda ko‘rsatgan ma’lumotlarni takroran ko‘rsatishga to‘g‘ri
kelmasligi uchun sahifadan sahifaga o‘tishda Sizni eslab qoladi
(tasodifiy tarzda hosil qilingan identifikator yordamida, masalar,
ABC12345). Masalan, seansli cookie fayllari Internetda xaridlar
qilishda ayniqs foydalidir — ularsiz Siz o‘z savatchangizga
joylashtiradigan buyumlar buyurtmani rasmiylashtirish vaqtida yo‘qolib
qoladi! Bu cookie fayllari Siz saytimizni tark etishingiz yoki
brauzerni yopishingiz bilan yo‘q qilinadi.
-
Doimiy cookie fayllari.
Doimiy cookie fayllari saytlarga Siz yana ularga qaytganingizda Sizning
afzalliklarini eslashga imkon beradi. Masalan, agar Siz birinchi
tashrif buyurishda saytni frantsuz tilida ko‘rsatishni tanlasangiz,
keyingi safar saytga qaytganingizda sayt avtomatik ravishda frantsuz
tilida ko‘rsatiladi. Shunday qilib har safar til bo‘yicha afzal
ko‘rilgan variantni tanlashingiz shart bo‘lmaydi, bu esa saytdan
foydalanishni oson va samarali qiladi.
-
Reklama cookie fayllari.
Bu cookie fayllaridan umumiy holda afzal ko‘rganlaringiz haqida,
masalan, Siz tashrif buyuradigan veb-saytlar va Siz xarid qiladigan
mahlumotlar haqida bilish uchun foydalanish mumkin. Bu Sizning
yoshingiz, oilaviy holatingiz va nechta farzandingiz borligi haqida
bilishimizga ham yordam beradi. Bu ma’lumotlar Sizga yaxshiroq darajada
mos keluvchi yoki ko‘proq yoquvchi mahsulotlar va xizmatlar reklamasini
yuborishimizga imkon beradi. Bu bitta reklamaning takrorlanishlar
sonini cheklashimizga ham imkon beradi.
-
Analitik cookie fayllari.
Bu cookie fayllari veb-saytlarimizning qanday ishlashini bilishimizga
imkon beradi. Ko‘pgina hollarda saytlarimizning unumdorligini
monitoring qilish uchun biz Google Analytics xizmatining analitik
cookie fayllaridan foydalanamiz. Google Analytics tomonidan to‘plangan
saytlarimizga tashrif buyurishlaringiz haqidagi ma’lumotlardan
foydalanish va ularni uzatish imkoniyatimiz
Google Analytics dan foydalanish shartlari
va
Google maxfiylik siyosati
bilan cheklangan.
Cookie fayllarini boshqarish imkoniyati.
Siz brauzeringizni barcha cookie fayllarini o‘chirib qo‘yish yoki
kompyuteringizga cookie faylini yuborishda bu haqida xabar qilishga
sozlashingiz mumkin. Biroq bu saytlarimiz yoki xizmatlarimizning ishlashiga
halaqit berishi mumkin. Siz o‘z brauzeringizni o‘zingiz ko‘rishni
yakunlagandan keyin cookie fayllarini o‘chirib tashlashga sozlashingiz ham
mumkin.
Boshqa texnogiyalar.
-
iBeacon mayoqlari.
Mayoqlar Siz o‘z telefoningizga o‘rnatadigan mobil ilovalarga yaqin
masofalardan bir tomonlama signallar yuboradi va ular, masalan, ushbu
do‘konda qaysi mahsulotlarning arzonlashtirilgan narxlarda
sotilayotganligi haqida xabar qiladi. Mayoqlar ma’lumotlarni faqatgina
yetarlicha yaqin masofadan va Siz aniq bir mayoq bilan bog‘liq bo‘lgan
mobil ilovada o‘z roziligingizni berganingizdan keyin uzatadi. O‘z
navbatida ilovalar reklamani Siz uchun maxsus tarzda moslashtira
olishimiz uchun bizga Siz joylashgan joy haqidagi ma’lumotlarni taqdim
etishi mumkin. Masalan, Siz supermarketdagi teri parvarishi tovarlari
bo‘limidagi mayoq yonida bo‘lganingizda biz Sizga 4 dollar chegirmali
kupon yuborishimiz mumkin.
-
Kuzatib borish piksellari.
Bu veb-sahifaga ichki qurilgan kichkina ko‘zga ko‘rinmas ob’ektlardir.
Ular yana "teglar", "veb-qo‘ng‘izchalar" yoki "pikselli gifkalar"
nomlari bilan mashhur. Biz piksellardan cookie fayllarini
kompyuteringizga yetkazib berish, veb-saytimizdagi faollikni kuzatib
borish, saytlarimizda ro‘yxatdan o‘tishni osonlashtirish hamda
onlayn-marketing uchun foydalanamiz. Biz Sizning ularni ochishingizni
aniqlash uchun piksellarni elektron pochta orqali reklama xabarlarimiz
yoki axborot byulletenlarga kiritamiz.
-
Mobil qurilmagan identifikatorlari va SDK.
Biz Mobil ilovalarimizdagi dastur kodidan cookie fayllari Internetda
ma’lumotlarni to‘plagani kabi ma’lumotlarni to‘plash uchun
foydalanamiz. Bu ma’lumotlar, jumladan, mobil qurilmangiz
identifikatorlari (IDFA iOS identifikatorlari va Android OT dagi
reklama identifikatorlari) va ilovalarimizdan qanday foydalanishingiz
haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. cookie fayllari kabi Siz
ilovamizdan foydalanganingizda biz avtomatik ravishda to‘playdigan
qurilmangiz haqida ma’lumotlar hech qachon Sizning shaxsingizni
tanitmaydi. Qurilmangiz faqat raqamlar va harflarning tasofidiy
to‘plami sifatida (masalan, reklama identifikatori EFG4567)
ko‘rsatiladi va hech qachon Karim A. Salimov kabi ko‘rinishda
ko‘rsatilmaydi.
-
Aniq geografik joylashuv.
Siz tomoningizdan mobil ilovalardan foydalanilganda biz global
joylashtirish tizimi (GPS) koordinatalari (uzunlik va kenglik)
yordamida Sizning aniq joylashgan joyingiz haqidagi ma’lumotlarni
olishimiz mumkin. Mobil telefoningiz yoki qurilmangizda Siz joylashgan
joyni biz tomonimizdan aniqlashga ruxsat berishingiz yoki rad
qilishingizga imkon beruvchi suzib chiquvchi bildirishnomani olasiz.
Siz bizning har doim ham Sizning qayerda joylashganligingiz (shahar,
pochta indeksi yoki viloyat) to‘g‘risidagi ma’lumotlarni olish uchun
Sizning ruxsatingizni so‘rayvermasligimizni tushinishingiz kerak.
Masalan, agar biz Sizning Filippinning Malina shahrining qaeridadir
ekanligingizni bilsak, biz buni joylashgan joyning aniq aniqlanishi,
deb hisoblamaymiz.
Shaxsiylashtirilgan reklama
Siz hamkorlarimizning saytlariga tashrif buyurganingizda biz Sizga o‘zimiz
Siz ko‘rishni xohlaydi, deb o‘ylagan reklama yoki boshqa kontentni
ko‘rsatishimiz mumkin. Masalan, agar Siz bolalar kiyimlari yoki maktab
o‘quv qurollari sotiladigan saytlarga tashrif buyursangiz, Siz Tide® kir
yuvish kukuni reklamasini olishingiz mumkin. Bu ma’lumotlardan biz Sizning
farzandlaringiz bor va shuning uchun ham Sizni kir yuvish uchun samarali
vositalar qiziqtirishi mumkin, degan xulosa chiqarishimiz mumkin. Shunday
qilib bizning maqsadimiz — Sizga Siz uchun foydali bo‘lishi mumkin bo‘lgan
mahsulotlarimiz haqidagi tegishli ma’lumotlarni yuborishdan iborat.
Biz o‘xshash qiziqishlarga ega bo‘lgan iste’molchilar guruhi haqida
ma’lumotlar olamiz.
Biz Sizni bir xil qiziqishlarni namoyon qiluvchi iste’molchilarning ma’lum
guruhiga joylashtirishimiz mumkin. Masalan, agar Siz internetda tez-tez
soqol olish uskunalari xarid qilsangiz, biz sizni "soqol olish uskunalari
ishqibozlari" guruhiga qo‘shishimiz mumkin yoki agar biz Sizni
onlayn-kuponlardan foydalanishingiz yoki chegirmalar yoxud arzon sotuvlarni
izlashingizni payqasak, Siz "foydali xaridlar sevuvchisiga" aylanishingiz
mumkin. Biz Siz haqingizdagi bunday ma’lumotlarni veb-sahifalarga
kirganingizda, saytlarimizdagi havolalar bo‘ylab o‘tganingizda, boshqa
veb-saytlarga tashrif buyurganingizda, mobil ilovalardan foydalanganingizda
yoki elektron xatlarni o‘qiganingizda va ulardagi havolalarni bosganingizda
to‘playmiz. Biz onlayn va/yoki oflayn rejimda o‘xshash tarzda harakat
qiluvchi iste’molchilar guruhining umumiy moyilliklari, odatlari va
xususiyatlari haqida bilish uchun cookie fayllari bilan qurilmalar
identifikatorlarini birlashtiramiz. Shunday qilgan holda biz ularga
fikrimizga ko‘ra ular uchun dolzarb va foydali bo‘lgan mahsulotlar va
ma’lumotlarni yuborgan holda guruhda mavjud bo‘lgan iste’molchilarga
"o‘xshash" bo‘lgan boshqa ko‘pgina iste’molchilarni topishimiz va ularga
xizmat ko‘rsatishimiz mumkin.
Biz boshqa ma’lumotlarni Sizning cookie fayllaringiz va qurilmalaringiz
identifikatorlariga bog‘laymiz.
Sizning cookie fayllaringiz va qurilmalaringiz identifikatorlari boshqa
ma’lumotlar, masalan, Siz oflayn tarzda xarid qiladigan mahsulotlar
haqidagi ma’lumotlar yoki o‘zingiz saytlarimizda qayd hisobini
yaratganingizda bizga bevosita taqdim etgan ma’lumotlar bilan to‘ldirilishi
mumkin. Biz odatda buni Sizning shaxsingizni bevosita tanitmaydigan usulda
amalga oshiramiz. Masalan, biz cookie fayli identifikatori ABC12345 ning
veb-saytga tashrif buyurishlar, yosh, jins va xaridorlik odatlari asosida
soqol olish uskunasi ishqibozlari guruhiga tegishli ekanligini bilishimiz
mumkin, biroq bu odamning ismi yoki manzilini yoxud uning shaxsini
tanitishi mumkin bo‘lgan boshqa biror-bir ma’lumotni bila olmaymiz. Agar
biz cookie fayllari yoki qurilmalar identifikatorlari (veb-sahifalar va
ilovalarni ko‘rish tarixi) haqidagi shaxsan Sizning ma’lumotlaringizni
tanib olishni xohlasak, biz doimo bunga Sizning roziligingizni so‘raymiz.
Biz Sizni istalgan kompyuterlaringiz, planshetlaringiz, telefonlaringiz
va boshqa qurilmalaringizdan foydalanganingizda bilishimiz mumkin.
Biz cookie fayli identifikatori ABC12345 ning o‘sha odam tomonidan
foydalanilishi mumkin bo‘lgan yoki EFG15647 qurilma identifikatoriga ega
bo‘lgan mobil telefon bilan bitta uyga o‘rnatilgan kompyuter ekanligini
bilishimiz mumkin. Bu shuni anglatadiki, Siz o‘z noutbukingizda tagliklar
izlashingiz, Google qidiruvi natijalaridagi biz homiylik qiladigan havolaga
bosishingiz, keyin esa mobil telefoningizda bizning Pampers® tagliklarimiz
reklamasini ko‘rishingiz mumkin. Masalan, ularning har kuni bir vaqtda
bitta WiFi tarmoqqa ulanishlari tufayli biz berilgan kompyuter va telefonga
aynan bitta odam egalik qiladi, deb faraz qilishimiz va shunday xulosaga
kelishimiz mumkin. Bitta odam yoki oilaning qanday qurilmalardan
foydalanishini tushinish bitta reklamani Sizning barcha qurilmalaringizda
takrorlashlar sonini cheklashimizga yordam beradi. Bu muhimdir, chunki biz
Sizga bitta reklamani ko‘p marta yuborganimizda jahlingiz chiqmaydi va biz
o‘zimizga kerakli bo‘lmagan bunday takrorlanuvchi e’lonlar uchun
to‘lamaymiz.
Siz qanday qilib shaxsiylashtirilgan reklamani olishni to‘xtatishingiz
mumkin.
P&G kompaniyasining shaxsiylashtirilgan reklamasini olishni to‘xtatish
uchun Siz
bu yerga bosishingiz
yoki saytlarimizdan birida yoki mobil ilovalarimizdan birida WebChoices
yoki AppChoices belgilariga bosishingiz mumkin. Siz yana
brauzeringizdagi cookie fayllarini rad qilgan, odatda ilovalarni
o‘rnatishda mavjud bo‘ladigan "ma’lumotlarga kirish huquqini" rad qilgan
holda yoki qurilmangizda reklamani kuzatib borish parametrlarini sozlash
yo‘li bilan saytlardagi shaxsiylashtirilgan reklamani tarqatishni
taqiqlashingiz mumkin.
Siz shaxsiylashtirilgan reklamadan voz kechsangiz ham baribir
"kontekstli" e’lonlarni ko‘rasiz.
Biz Sizga shaxsiylashtirilgan reklama e’lonlarini yuborishni to‘xtatsak ham
Siz o‘z kompyuteringiz yoki mobil qurilmalaringizda brendlarimizdan
e’lonlar olaverasiz. Bu e’lonlar Siz tashrif buyuradigan saytlarning
kontekstiga asoslanadi va ular kontekstli e’lonlar deb ataladi. Siz
kompyuteringizda yoki mobil telefoningizda tashrif buyuradigan sahifalarga
asoslanuvchi shaxsiylashtirilgan reklamadan farq qilgan holda kontekstli
e’lonlar — bu Siz tashrif buyuradigan aniq bir sayt konteksti asosida Sizga
ko‘rsatiladigan e’lonlardir. Masalan, Siz Internetda bolalarga
mo‘ljallangan tovarlarni ko‘ra turib bola parvarishi bo‘yicha tovar
brendlarimizdan birining reklamasini ko‘rasiz, chunki bu saytlarga an’anaga
ko‘ra asosan yosh ota-onalar yoki yaqinda ota-ona bo‘ladiganlar tashrif
buyuradilar. Siz yana shuni bilishingiz kerakki, biz hali ham
kompyuteringiz yoki qurilmangizdan ma’lumotlar to‘plashimiz va ulardan
veb-saytlarimizning ishlashini baholash, iste’molchilar ehtiyojini
o‘rganish yoki firibgarlikni aniqlash kabi boshqa maqsadlarda
foydalanishimiz mumkin.
Cookie fayllarini o‘chirish Sizning rad qilishingizni ham o‘chiradi.
Siz shaxsiylashtirilgan reklamadan voz kechganingizda biz Sizning
brauzeringizga rad qilishning cookie faylini yuboramiz, u bizga Sizning
bizdan boshqa shaxsiylashtirilgan reklama e’lonlarini olishni
xohlamasligingizni aytib beradi. Agar siz bacha cookie fayllarini
o‘chirishga qaror qilsangiz, bu rad qilish cookie fayli o‘chiriladi. Bu
shuni anglatadiki, agar Siz baribir shaxsiylashtirilgan reklamani olishni
xohlamasangiz, rad qilish jarayonini qaytadan bajarishingizga to‘g‘ri
keladi.
Facebook xizmatining chuqurlashtirilgan moslashtirish mexanizmi. Bizning ayrim saytlarimiz Facebook xizmatining chuqurlashtirilgan moslashtirish mexanizmidan foydalanadi, bu ular reklama beruvchilarga taqdim etadigan xizmat sanaladi. Ushbu funksiyalar orqali biz siz bizning saytdagi shakllarimiz orqali kiritadigan ma’lumotlarni (masalan, ismingiz, elektron pochta manzilingiz yoki telefon raqamingiz, ya’ni maxfiy yoki maxsus ma’lumotlar toifasi bo’lmagan ma’lumotlar) xeshlangan formatda (shifrlangan) Facebook xizmatiga yuboramiz yoki Facebook pikseli sizni brauzer cookie-ma’lumotlaringiz yoki qurilma ID’ingiz bilan bogʻlash uchun ma’lumotlarni avtomatik tarzda xeshlaydi (shifrlaydi) va tortib oladi. Biz bu ishni Facebook platformasidagi reklamamizni yaxshiroq yoʻnaltirish va uning samaradorligini oʻlchash uchun amalga oshiramiz. Shu orqali agar biz sizga Facebook orqali reklama qilsak, siz uni ochganingizni, saytimizga kirganingizni va biror narsa xarid qilgan yoki qilmaganingizni bilamiz va shu orqali Facebook reklamalarini sotib olishda davom etish yoki davom etmaslikni oʻylab koʻramiz.
EEA va Buyuk Britaniyada ma’lumotlarni qayta ishlash, saqlash va uzatish
Ushbu bo‘lim faqat EEA mamlakatlari va Buyuk Britaniya rezidentlarining shaxsiy ma‘lumotlarini qayta ishlashimizga nisbatan qo‘llaniladi. U EEA va Buyuk Britaniya rezidentlarining shaxsiy ma’lumotlarini qayta ishlashimiz, saqlashimiz va uzatishimizdagi orttirilgan shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, u Buyuk Britaniyaning qonunlariga kiritilgan umumiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi reglament ("GDPR") va 2018 yildagi Ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi Qonun tomonidan Buyuk Britaniya qonuniga kiritilgan va Ma’lumotlarni himoya qilish, maxfiylik va elektronik aloqalar (Tuzatishlar kabi) (YeI chiqish) to‘g‘risidagi 2019 yildagi reglamentlar bilan tizatish kiritilgan GDPR matni va ruhiga mos keladi.
Bo‘linmalar.
Turli P&G sub’ektlari shaxsiy ma’lumotlaringizni nazoratchisi bo’lishi mumkin. Ma’lumotlar nazoratchisi bu qayta ishlash faoliyatlarini boshqarib turuvchi va ma’lumotlar uchun asosiy javobgan bo‘lgan yuridik shaxsdir. Quyidagi diagramma EEA mamlakatlari va Buyuk Britaniya ma’lumotlari uchun ma’lumotlar nazoratchilarimizni ko‘rsatib beradi. Masalan, siz bizning Frantsiyadagi veb-saytlarimizdan birida elektron pochta uchun ro‘yxatdan o‘tganingizda ushbu mamlakat nomi yonida ko‘rsatilgan P&G sub’ekti ushbu shaxsiy ma’lumotlarning nazoratchisi bo‘ladi (masalan, Procter & Gamble France SAS).
Mamlakatlar
|
Ma’lumotlar kontrolleri
|
Avstriya
|
Procter & Gamble Austria – Zweigniederlassung der
Procter & Gamble GmbH
|
Bolgariya
|
Procter & Gamble Bulgaria EOOD
|
Ruminiya
|
Tanlovlar uchun: Procter & Gamble Distribution SRL
Boshqa joylar uchun: Procter & Gamble Marketing
Romania SR
|
Polsha
|
Procter and Gamble DS Polska sp z o.o.
|
Belgiya
|
Procter & Gamble Distribution Company (Europe) BVBA
|
Chexiya Respublikasi
|
Procter & Gamble Czech Republic s.r.o.
|
Vengriya
|
Procter & Gamble RSC Regionális
|
Slovakiya
|
Procter & Gamble, spol. s.r.o.
|
Xorvatiya
|
Procter & Gamble d.o.o. za trgovinu
|
Frantsiya
|
Procter & Gamble France SAS/Procter & Gamble
Pharmaceuticals France SAS
|
Germaniya
|
Procter & Gamble Service GmbH
|
Gretsiya
|
P&G Hellas Ltd.
|
Irlandiya
|
Procter & Gamble UK
|
Italiya
|
Procter & Gamble Srl
|
Niderlandiya
|
Procter & Gamble Nederland B.V.
|
Portugaliya
|
Procter & Gamble Portugal, Productos de Consumo
Higiene de Saude, S.A.
|
Ispaniya
|
Procter & Gamble España, S.A.
|
Buyuk Britaniya
|
Procter & Gamble UK
|
Yevropa Ittifoqining boshqa mamlakatlari
|
Procter & Gamble International Operations SA
|
Qayta ishlash va saqlash.
Odatda Sizning ma’lumotlaringizni biz ular to‘planishidan ko‘zlangan
maqsadlar uchun yoki qonun talablariga ko‘ra zarur bo‘lgan muddat davomida
saqlaymiz. So‘rovlaringizni qanoatlantirish, jumladan Sizni marketing
xabarlari tarqatmasiga qo‘shmaslik hamda yuridik yoki boshqa
majburiyatlarni bajarish uchun ma’lumotlaringizni ko‘rsatilgan saqlash
muddatidan ko‘proq muddat saqlab turishimizga to‘g‘ri kelishi mumkin. Bu
jadvalda biz to‘playdigan ma’lumotlarning tiplari, ulardan foydalanishimiz
maqsadlari, bunday foydalanishning qonunga muvofiqligi (huquqiy asos) hamda
bunday ma’lumotlarni odatda qancha vaqt saqlashimiz (saqlash davri)
ko‘rsatilgan.
Ma’lumotlar tipi
|
Ma’lumotlarni to‘plash sabablari
|
Huquqiy asos
|
Saqlash muddati
|
Marketing ma’lumotlari
Elektron pochta, FIO, telefon raqami, pochta,
iste’molchilarning shartli guruhi, qiziqishlaringiz,
kasbingiz, odatlaringiz, xaridlaringiz, yuklanadigan
fotosuratlar va videofayllar, farzandlaringiz va
uyingiz, oilangiz tarkibi, oilangizdagi kishilar soni,
sochingizning turi, teringizning turi, sevgan
xushbo‘yingiz, uyingizda uy hayvonlarining bor-yo‘qligi
haqidagi ma’lumotlar va hok.
|
Sizga mahsulotlarimiz va xizmatlarimiz yoki
hamkorlarimizning mahsulotlari va xizmatlari haqidagi
marketing materiallarini yuborish uchun.
|
Elektron pochta orqali xatlar va SMS hamda pochta
xatlari olishga roziligingiz. Boshqa barcha sohalarga
tegishli qonuniy manfaatlar.
|
Siz shaxsiy ma’lumotlaringizni o‘chirishni
so‘raguningizcha yoki roziligingizni chaqirib
olguningizcha. Agar Siz shunday so‘rov bermasangiz,
shaxsiy ma’lumotlaringiz quyidagi grafikka ko‘ra
o‘chiriladi:
elektron pochta: barcha axborot uzatish kanallaridagi
<50 oylik harakatsizlikdan keyin. Biz bunday
harakatsizlikni bir necha ichki mezonlar bo‘yicha
aniqlaymiz.
SMS: barcha axborot uzatish kanallaridagi <50 oylik
harakatsizlikdan keyin. Biz bunday harakatsizlikni bir
necha ichki mezonlar bo‘yicha aniqlaymiz.
pochta manzili: barcha axborot uzatish kanallaridagi
<50 oylik harakatsizlikdan keyin. Biz bunday
harakatsizlikni bir necha ichki mezonlar bo‘yicha
aniqlaymiz.
|
Tanlovlar
Elektron pochta, FIO, telefon raqami, ayrim hollarda
boshqa ma’lumotlar.
|
Tanlov qatnashchilariga tanlov haqidagi ma’lumotlarni
taqdim etish, jumladan tanlov g‘olib(lar)ini e’lon
qilish uchun.
|
Sizning roziligingiz.
|
Agar mahalliy qonunchilik bizdan uzoqroq muddat saqlab
turishni talab qilmasa, 24 oy davomida.
|
Mahsulotlar xarid qilish
Elektron pochta, FIO, telefon raqami, to‘lov
ma’lumotlar (jumladan bank hisobi IBAN yoki Paypal
to‘lov ma’lumotlari), ayrim hollarda boshqa
ma’lumotlar.
|
Sizning mahsulotlarimizni xarid qilishlaringiz, keshbek
takliflari yoki kafolatlarni qayta ishlash hamda bunday
xaridlar bilan bog‘liq bo‘lgan tegishli xabarlarni
yuborish uchun.
|
Sizning roziligingiz.
|
Agar mahalliy qonunchilik bizdan uzoqroq saqlab
turishni talab qilmasa, buyurtmalarni rasmiylashtirish
va bunday buyurtmalar bilan bog‘liq ravishda Siz bilan
bog‘lanish uchun zarur bo‘lgan muddatgacha. Biz yana
ma’lumotlarni odatda keshbek takliflari uchun 24 oy va
kafolat majburiyatlarini bajarish uchun 10 yil davomida
saqlaymiz.
|
Bizga murojaat qiling
Elektron pochta, FIO, telefon raqami, ayrim hollarda
boshqa ma’lumotlar.
|
So‘rovlaringizni qayta ishlash va Siz bilan bog‘lanish
uchun hamda qonunchilik va P&G siyosatlari
talablariga muvofiq.
|
Bizning iste’molchilar so‘rovlarini boshqarishdagi
ishchi manfaatlarimiz hamda Sizning ayrim noxush
hollarda to‘planishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarning
alohida toifalarini uzatishga bo‘lgan roziligingiz.
|
So‘rovning xususiyatiga, ma’lumotlarni qayta
ishlashdagi qonuniy manfaatlarimiz va yuridik
majburiyatlarimizga bog‘liq ravishda 0 yildan 10
yilgacha.
|
Marketing tadqiqotlari
Elektron pochta manzili, FIO, telefon raqami, manzil,
tanituvchi fotosuratlar yoki videoroliklar, ayrim
hollarda boshqa ma’lumotlar.
|
Mahsulotlarimiz va iste’molchilarimiz hayotini
yaxshilay olishimiz uchun innovatsion ishlanmalarimizni
tekshirish va Sizning afzalliklaringiz va odatlaringiz
haqida ma’lumotlar olish uchun.
|
Sizning roziligingiz.
|
Biz mavzuli klinik tadqiqotlar doirasida to‘plangan
shaxsiy ma’lumotlarni ularni to‘plashdan ko‘zlangan
maqsadlar uchun bizga kerak bo‘ladigan muddatgacha
va/yoki bunday saqlash mahalliy qonunlarga yoki
me’yorlarga muvofiq talab qilinadigan vaqtgacha
saqlaymiz, bunday qonun va me’yorlar 25 yilgacha
bo‘lgan saqlash muddatini o‘rnatishlari mumkin. Boshqa
tadqiqotlar uchun biz Sizning asosiy shaxsiy
ma’lumotlaringizni ko‘pi bilan 5 yilgacha saqlaymiz.
Biz Sizning imzolangan hujjatlarni ham xabardor
qilingan rozilik bilan saqlaymiz
|
OAV dagi targeting
Reklamali cookie fayllari, qurilmalarning
identifikatorlari, demografik ma’lumotlar, masalan,
jins va yosh, xatti-harakatlar haqidagi ma’lumotlar,
masalan, sahifalarni ko‘rishlar, ayrim hollarda boshqa
ma’lumotlar.
|
Sizning Internetdagi qiziqishlaringiz haqida bilish va
reklamani Sizga maxsus moslashtirish uchun.
|
Sizga tegishli reklamani taqdim qilishdagi bizning
qonuniy ishchi manfaatlarimiz. Biz cookie fayllarini
o‘z veb-saytlarimizga joylashtirishga Sizning
roziligingizni olamiz.
|
Biz bu ma’lumotlarni qaysi biri oldin kelishiga bog‘liq
ravishda ularni olish vaqtidan boshlab o‘ttiz oy
davomida yoki Siz rad qilishni rasmiylashtirguningizcha
bo‘lgan muddatgacha saqlaymiz.
|
Sizning ma’lumotlaringizni boshqa mamlakatlarga o‘tkazish.
Shaxsiy ma’lumotlaringiz ular to‘plangan mamlakatdan boshqa mamlakatdan boshqa mamlakatga, jumladan Amerika Qo‘shma Shtatlari va Buyuk Britaniyaga uzatilishi, u o‘sha mamlakatda saqlanishi va qayta ishlanishi mumkin. Masalan, biz sizning ma’lumotlaringizni Qo‘shma Shtatlardagi serverda saqlashimiz mumkin, chunki u aniq bir ma’lumotlar bazasi joylashgan joydir; va bizning marketologlarimizdan biri sizga mahsulot namunasini yuborish uchun Shveytsariyadan ushbu ma’lumotlarga kirganda ushbu ma‘lumotlar yana "uzatilishi" mumkin. Bunday mamlakatda ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunlar siz dastlab ma’lumotlarni taqdim etgan mamlakatdagi shunday qonunlar bilan bir xil bo‘lmasligi mumkin. Ma’lumotlaringizni boshqa mamlakatlardagi (Qo‘shma Shtatlar kabi) oluvchilarga uzatganimizda biz o‘sha ma’lumotlarni ushbu Maxfiylik siyosatida bayon qilingani kabi himoya qilamiz va shaxsiy ma’lumotlarni EEA yoki Buyuk Britaniyadan tashqaridagi mamlakatlardagi ma’lumotlar oluvchilariga uzatish uchun mos darajadagi himoyani taqdim etish orqali mahalliy qonuniy talablarga amal qilamiz. O‘sha ma’lumotlar oluvchilari ma’lumotlarni himoya qilishning mos darajadagi himoyasini ta’minlaydigan deb tan olinmagan mamlakatlardan bo‘lgan hollarda biz, shu jumladan, Yevropa Komissiyasining Standart shartnomaviy qoidalariga kirish orqali ma’lumotlarning shunday darajadagi himoyasining mavjud bo‘lishini kafolatlashga qaratilgan mos himoya choralarini kafolatlaymiz. Agar siz uzatish to‘g‘risidagi shartnomaning nusxasini olishni xohlasangiz, bizga murojaat qiling.
Saytlar va ilovalarning kontenti
Pluginlar.
Veb-saytlarimizda boshqa kompaniyalarning, jumladan ijtimoiy tarmoqlarning plaginlari mavjud bo‘lishi mumkin. Plaginga misol bo‘lib Facebook tarmog‘ining "Yoqtirish" tugmasi hisoblanadi. Ushbu plaginlar ma’lumotlar (masalan, siz tashrif buyurgan sahifaning URL manzili) to‘plashi va ularni yaratgan kompaniyaga qaytarib yuborishi mumkin. Bu siz hattoki plaginga bosmagan hollaringizda ham yuz berishi mumkin. Garchi ular bizning saytlarimizda ko‘rinsa ham bu plaginlar ularni yaratgan kompaniya maxfiylik siyosati va shartlari bilan boshqariladi. Ushbu ma’lumotlarni to’plash va uzatish maqsadida biz EEA va Buyuk Britaniyadagi saytlarimiz uchun ushbu ma’lumotlar nazoratchisi sifatida harakat qilamiz. Bunday plaginlar muhim bo‘lmagan cookie-fayllardir va siz cookie-fayllarini qabul qiladigan hollarda ular faqat EEA va Buyuk Britaniyadagi saytlarimizda ishlaydi.
Loginlar.
Veb-saytlarimiz boshqa kompaniyadagi qayd yozuvidan foydalangan holda,
masalan, "Facebook orqali kirish" bilan avtorizatsiyadan o‘tishga imkon
beradi. Bunday qilganingizda bizda faqat o‘zingiz rozilik bergan va boshqa
kompaniya resursidagi (kirish uchun foydalaniluvchi) qayd yozuvingiz
sozlamalaridan olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlarnigina ko‘rish huquqi
bo‘ladi.
Foydalanuvchi kontenti.
P&G kompaniyasining ayrim veb-saytlarida va ayrim ilovalarida
foydalanuvchilar tanlovlar, bloglar, videoroliklar kabilar uchun o‘z
kontentlarini joylashtirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Shuni yodda
tutingki, Siz yuboradigan yoki chop qiladigan har qanday ma’lumot hammabop
bo‘lib qoladi. Biz Siz saytlarimiz va ilovalarimizga yuboradigan kontentdan
boshqalarning qanday foydalanishlari mumkinligi ustidan nazoratni amalga
oshirmaymiz. Biz bunday foydalanishning ushbu maxfiylik siyosati,
qonunchilik yoki Sizning shaxsiy maxfiyligingiz va xavfsizligingizni
buzishi mumkinligi uchun javobgarlikni zimmamizga olmaymiz.
Havolalar.
P&G saytlarida nazoratimiz ostidan tashqarida bo‘lgan boshqa saytlarga
havolalar mavjud bo‘lishi mumkin. Bu saytlarning faoliyati ularning o‘z
maxfiylik siyosatlari va shartlari bilan tartibga solinadi.
Bolalar uchun maxfiylik
Bolalarning shaxsiy ma’lumotlarining Internetdagi maxfiyligi
to‘g‘risidagi qonunlar.
Shaxsiy ma’lumotlarni interneda bolalardan to‘plaganda biz barcha tegishli ma’lumotlarni himoya qilish haqidagi qonunlarga amal qilamiz. Masalan, EEA va Buyuk Britaniyada biz 16 yoshgacha bo‘lgan bolalarning shaxsiy ma’lumotlarini bolaga nisbatan ota-onaning javobgarligi egasining roziligisiz to’plamaymiz, bunday pastroq yosh 13 yoshdan kichik bo‘lmaslik sharti bilan mahalliy qonunlar tomonidan pastroq yosh taqdim etilgan hollar bundan mustasno. Xuddi shu kabi AQSh da biz 13 yoshdan kichik bolalardan shaxsiy ma’lumotlarni to‘plashda ota-onalarning tasdiqlangan roziligini olamiz.
Kaliforniyaning balog‘atga etmagan aholisi uchun izoh.
Biz 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarga o‘z kontentini (masalan, video,
sharhlar, holat yangilanishlari yoki tasvirlar) yuklashga imkon beruvchi
o‘zaro faol xizmatlarni taklif qilishimiz mumkin. Saytlarimizdagi
ko‘rsatmalarga amal qilgan holda bu kontentni istalgan vaqtda olib tashlash
yoki o‘chirish mumkin. Agar Sizda buni qanday qilish to‘g‘risida savollar
bo‘lsa,
biz bilan bog‘lanig
Shuni yodda tutingki, bunday postlar boshqa kishilar tomonidan boshqa joyga
nuxsa ko‘chirilishi, yo‘naltirilishi yoki joylashtirilishi mumkin va biz
bunday harakatlar uchun javobgarlikni zimmamizga olmaymiz. Bunday hollarda
Siz kontentingizni o‘chirish haqida so‘rov yuborish uchun bunday
saytlarning egalari bilan bog‘lanishingiz kerak.
Bizga murojaat qiling
Maxfiyligingiz va ma’lumotlarni himoya qilish amaliyotlarimiz to‘g‘risida o‘zingizda bo‘lishi mumkin bo‘lgan savollar yoki xavotirlar bilan yoki agar siz nogiron bo‘lgan mijoz bo‘lsangiz va sizga bu eslatma muqobil formatda kerak bo‘lsa, to‘g‘ridan-to‘g‘ri bizga murojaat qiling. Agar sizda ma’lumotlarning gumon qilingan buzilishi kabi ma’lumotlarni himoya qilish xodimimizga oid biror-bir so‘rov bo‘lsa, uni o‘z xaabaringizda bayon qiling. Siz Data Protection Officer, 1 Procter & Gamble Plaza, Cincinnati, OH 45202, U.S.A manzili bo‘yicha Ma’lumotlarni himoya qilish xodimimizga yozishingiz ham mumkin. Bizning GDPR 27-moddasi ostidagi vakilimizning kontakt ma’lumotlari quyidagicha: Procter & Gamble Ireland, The Graan House, Units E1 and E14, Calmount Business Park, Dublin 12, Ireland.