Procter & Gamble veb-saytlari uchun iste’molchi foydalanish shartlari

To‘liq foydalanish shartlarini ko‘rish uchun bu yerga yoki quyidagi mundarijaga bosing

So‘nggi yangilanish sanasi: May 2016 yil

MUNDARIJA

Procter & Gamble kompaniyasi, uning sho'ba kompaniyalari, u tomonidan tayinlangan kompaniyalar, merosxo'rlari, brendlari, litsenziarlari, litsenziatlari va/yoki agentlari tomonidan boshqariluvchi veb-saytlar tarmog'i (birgalikda "Veb-saytlar", "Saytlar" yoki "Sayt" deb ataladi) turli veb-saytlar va veb-sahifalardan tashkil topadi. Bu erda mavjud bo'lgan shartlar, qoidalar va eslatmalar (birgalikda " Shartlar " deb ataladi) barcha P&G Veb-saytlariga nisbatan qo'llaniladi. Bundan tashqari aniq bir P&G Veb-saytlari yoki xususiyatlari va bunday Saytlarda taklif qilinadigan faoliyatlarga (reklamalar va chat xonalari) nisbatan bunday Saytlarda qisqacha bayon qilingan qo'shimcha shartlar ("Qo'shimcha shartlar") qo'llanilishi mumkin, ularning barchasi bu erda havolalar orqali kiritilgan. Agar bu erda mavjud bo'lgan Shartlardan birortasi biror-bir P&G veb-saytida taqdim etilgan Qo'shimcha shartlar bilan ziddiyatli bo'lsa, u holda Qo'shimcha shartlar afzallik kuchiga ega bo'ladi.

Biror-bir P&G veb-saytida taqdim etilgan Qo'shimcha shartlar bilan ziddiyatli bo'lsa, u holda Qo'shimcha shartlar afzallik kuchiga ega bo'ladi.

USHBU VEB-SAYTDAN YOKI BOSHQA P&G VEB-SAYTLARIDAN FOYDALANISHDAN AVVAL QUYIDAGI SHARTLARNI DIQQAT BILAN O'QIB CHIQING. P&G Veb-saytlari sizga (bundan buyon - "Foydalanuvchi") Shartlar va tegishli Maxfiylik siyosatini hech qanday o'zgartirishlarsiz qabul qilishingiz sharti asosida taqdim etiladi. Bu saytga yoki boshqa istalgan Saytga kirish orqali siz ushbu Shartlar va tegishli Maxfiylik siyosatiga o'z roziligingizni bildirasiz. Agar ushbu Shartlarga rozi bo'lmasangiz, bu Saytdan yoki boshqa istalgan Saytdan foydalanmang.

Batafsil ma'lumotlar olish uchun ushbu Shartlarning Qo'llaniluvchi qonunlar va nizolar bo'limini ko'rib chiqing.

Yuqoriga qaytish

Maxfiylik

P&G Veb-saytlaridan foydalanishga nisbatan P&G Iste'molchi maxfiylik bayonnomasi ("Maxfiylik bayonnomasi") ham qo'llaniladi. Agar biror-bir Sayt qo'shimcha, alohida maxfiylik qoidalariga ("Qo'shimcha maxfiylik qoidalari") ega bo'lsa, u holda o'sha Saytdan foydalanishga nisbatan o'sha Qo'shimcha maxfiylik qoidalari qo'llaniladi. P&G Iste'molchi maxfiylik bayonnomasi va Qo'shimcha maxfiylik qoidalarining har biri "Maxfiylik bayonnomasidir".

Siz saytlarimizga tashrif buyurganingizda biz ma'lumotlarni, jumladan IP-manzilingiz, Siz ko'rgan veb-sahifalar va Siz bosgan havolalar kabilarni to'plash uchun cookie fayllari va boshqa texnologiyalardan foydalanamiz. Biz yana ularni olganligingizni bilish uchun Sizga yuboradigan elektron xatlarda raqamli cookie fayllaridan ham foydalanamiz. Siz o'z veb-brauzeringizda cookie fayllarini o'chirishingiz va rad qilishingiz mumkin. Biz bu ma'lumotlardan Siz saytda ro'yxatdan o'tish jarayonida yoki boshqa tarzda bizga taqdim etadigan ma'lumotlar bilan birgalikda Sizni qiziqtirishi mumkin bo'lgan ma'lumotlarni Maxfiylik bayonnomamizga ko'ra Sizga yuborish uchun foydalanamiz. Cookie fayllari haqida ko'proq ma'lumotlar olish uchun bu yerga bosing.

Yuqoriga qaytish

Saytlardan shaxsiy foydalanish

Boshqa tarzda ko'rsatilmagan hollarda Sayt faqat shaxsiy va notijoriy maqsadlarda foydalanishingiz uchundir. Saytga joylashtirilgan yoki ko'rsatilgan biror-bir kontent yoki kommunikatsiyalarni ("Kontent"), jumladan matn, grafika, fotosuratlar, tasvirlar, harakatlanuvchi tasvirlar, tovush, rasmlar, axborot, dasturiy ta'minot, mahsulotlar yoki xizmatlar va bu erda keltirilgan kelishuvlarni moslashtirishingiz, undan nusxa ko'chirishingiz, o'tkazishingiz, namoyish qilishingiz, bajarishingiz, qayta yaratishingiz, chop qilishingiz, litsenziyaga berishingiz, undan hosilaviy mahsulotlar yaratishingiz yoki sotishingiz mumkin emas, bu erda yaqqol tarzda ruxsat berilgan hollar bundan mustasno. Siz biror-bir Kontentdan ruxsatsiz foydalanishning bizga tuzatib bo'lmas zarar etkazishi mumkinligini tan olasiz va bunday ruxsatsiz foydalanish holatida bizning qonun yoki adolalatlilik tamoyili bo'yicha foydalanish mumkin bo'lgan boshqa istalgan huquqiy himoya vositalariga qo'shimcha ravishda sud ta'qiqidan foydalanish huquqiga egaligimizga rozi bo'lamiz. Saytdagi aniq bir materialga tegishli bo'lgan istalgan yaqqol ko'rsatilgan cheklashlar yoki cheklanishlarga muvofiq Siz faqat o'zingizning notijoriy foydalanishingiz uchun Kontentning bir qismidan elektron tarzda nusxa olishingiz va/yoki bosma ko'rinishda chop qilishingiz yoki bizga buyurtma berishingiz mumkin. Bizning avvaldan roziligimizni olmasdan turib Kontentdan boshqa istalgan tarzda foydalanish, jumladan uni o'zgartirish, qayta chiqarish, tarqatish, qayta chop qilish, ko'rsatish yoki o'tkazish qat'iyan ta'qiqlanadi.

Siz o'zingizning shaxsiy notijoriy foydalanishingizdan boshqa tarzda har qanday mahsulot bayonlari, rasmlari, ro'yxatlari yoki narxlarini to'plamaslik va/yoki ulardan foydalanmaslikka yoki bizga buyurtma bermaslikka o'z roziligingizni bildirasiz.

Siz biror-bir tijoriy maqsadda Saytning istalgan qismini qayta yaratmaslik, undan dublikat olmaslik, nusxa ko'chirmaslik, sotmaslik, qayta sotmaslik yoki foydalanmaslik yoki Saytdan foydalanmaslik yoki unga kirmaslik, jumladan har qanday "tozalashni" bajarmaslik yoki har qanday robot, o'rgimchak yoki boshqa avtomatlashgan vositalardan foydalanmaslikka rozilik berasiz. Bu sayt yoki bu Saytda kadrlarda namoyish qilingan har qanday ma'lumot yoki materialni "inlayn" bog'lash yoki shunga o'xshash vositalar orqali boshqa Veb-saytda bizning avvaldan ruxsatimizning olmasdan turib ishlatish yoki ko'rsatish ta'qiqlanadi. Bu saytga bo'lgan har qanday ruxsat berilgan havola barcha tegishli qonunlar, qoida va tartiblarga mos bo'lishi kerak. Siz yaqqol berilgan yozma ruxsatsiz nomimizdan foydalanuvchi har qanday meta-teglar yoki boshqa "yashirin matndan" yoki istalgan savdo belgilarimizdan yoki bu Saytda ko'rsatilgan mahsulotlar ishlab chiqaruvchining savdo belgilaridan foydalana olmaysiz. Bundan tashqari siz quyidagilarni qilmaslikka rozi bo'lasiz: (a) o'z fikrimizga ko'ra infratuzilmamizga asossiz tarzda yoki nomutanosib darajada katta yuklanma beruvchi yoki berishi mumkin bo'lgan har qanday harakatni bajarish; (b) Saytning yoki Saytda amalga oshiriladigan har qanday harakatlarning to'g'ri ishlashiga halaqit berish yoki halaqit berishga urinish; yoki (c) Saytga kirishning oldini olish yoki cheklash uchun biz foydalanishimiz mumkin bo'lgan har qanday chorani chetlab o'tish.

Yuqoriga qaytish

Foydalanuvchining taqdim etishlari

Bu Shartlar P&G Veb-saytlari bilan bog'liq tarzda siz yaratadigan har qanday matn, fotosurat, video, post, kommunikatsiya, musiqa, audio/tovush yozuvi, san'at asari, reytinglar, ko'rib chiqishlar yoki boshqa material yoxud axborotga ("Taqdimot") nisbatan sizning harakatlaringiz, huquqlaringiz va P&G huquqlarini tartibga soladi. Taqdimotni taqdim qilganingizda quyidagilarga rozi bo'lasiz:

  • Taqdimotingiz o'ziga xos, aniq, u siz tomoningizdan yaratilgan va taqlid qilingan mahsulot emas;
  • hozirgi vaqtda siz Taqdimotingizda ko'rsatilgan P&G mahsulot(lar)ining halol foydalanuvchisisiz va Taqdimotingiz sizning P&G mashulotlari haqidagi haqiqiy va asl fikringizni va ular bilan joriy tajribangizni aks ettiradi;
  • siz balog'at yoshidan kattasiz yoki agar balog'at yoshidan kichik bo'lsangiz, ota-onangiz yoki qonuniy vasiyingiz sizning taqdim etishingizga rozilik beradilar;
  • siz P&G xodimi emassiz yoki P&G tomonidan P&G mahsulotlarini ilgari surish uchun yollangan P&G sho'ba kompaniyasi yoki agentligida ishlamaysiz; YOKI agar siz P&G xodimi bo'lsangiz yoki P&G tomonidan P&G mahsulotlarini ilgari surish uchun yollangan P&G sho'ba kompaniyasi yoki agentligida ishlasangiz, o'z Taqdimotingizda P&G bilan aloqangizning aniq va yaqqol tarzda oshkor qilinishiga rozilik berasiz;
  • Taqdimotingiz (yoki uning istalgan qismi) P&G yoki boshqa istalgan uchinchi tomonning boshqa hech qanday reklama materiallariga kiritilmagan yoki kiritilishi rejalashtirilmagan;
  • Taqdimotingiz sizga avvaldan pul to'lanishi bilan yoki to'lashga va'da qilinishi bilan tayyorlanmagan yoki siz o'z Taqdimotingiz uchun hech qanday pul olishni kutmaysiz. Taqdimotingiz yana sizga avvaldan biror-bir naf etkazishlarsiz yoki kelajakda biror-bir naf olishni kutishlarsiz tayyorlangan, Taqdimotingizdan P&G reklama maqsadlari uchun foydalanish ehtimoli bundan mustasno. yoki agar siz naf olgan bo'lsangiz, Taqdimotingizda olgan foyda tafsilotlarini aniq qilib oshkor qiling;
  • Taqdimotingiz yolg'on, chalg'ituvchi, haqoratlovchi, kamsituvchi, ig'voli, bo'xtonli yoki boshqa tarzda nomunosib emas;
  • Taqdimotingizda uchinchi tomonning mualliflik huquqi, patent, tovar belgisi, savdo siri, oshkoralik huquqi, maxfiylik huquqi, axloqiy huquqlar va/yoki boshqa biron bir shaxsiy yoki mulkiy huquqni buzadigan kontent yo'q;
  • Taqdimotingizda biron bir qonun, nizom, qaror yoki tartibga binoan jinoiy yoki fuqarolik jinoyatini tashkil etadigan xatti-harakatlarni bajaradigan, rag'batlantiradigan, himoya qiladigan yoki ko'rsatmalar beradigan biron bir qonun, nizom, qaror yoxud tartibni buzadigan kontent mavjud emas;
  • Taqdimotingizda alohida shaxs yoki guruhga yo'naltirilgan nafratli nutq bo'lgan yoki boshqa tarzda har qanday shaxs, sheriklik, korporatsiya yoki siyosiy uyushmaga noqonuniy tahdid qiluvchi yoki ta'qib qiluvchi bo'lgan yoki shunday deb hisoblash mumkin bo'lgan material yoki kontent yo'q;
  • Taqdimotingizda forumni monopoliyalashtirish uchun ko'pgina Taqdimotlarni chop etish yoki forumning belgilangan mavzusiga bog'liq bo'lmagan Taqdimotni chop etish kabi boshqalarga halaqit beruvchi yoki chalg'ituvchi kontent yoki materiallar yo'q;
  • Taqdimotingizda o'sha shaxsdan bunday ma'lumotlarni P&G bilan baham ko'rishga avvaldan rozilik olmasdan turib uchinchi tomonning veb-saytlari, manzillari, elektron pochta manzillari, kontakt ma'lumotlari, telefon raqamlari, boshqa ma'lumotlar yoki tanib olingan yoki tanib olish mumkin bo'lgan jismoniy shaxslar haqida fikrlar yoki shaxsiy ma'lumotlarni (jumladan sir tutilishi kerak bo'lgan ma'lumotlar) o'z ichiga oluvchi kontent mavjud emas;
  • Taqdimotingizda har qanday Troyan otlari, viruslari, qurtlar, zararli kod yoki boshqa zarar etkazishi mumkin bo'lgan ma'lumotlar, dasturlar yoki faylga ega bo'lgan hech qanday dastur yoki material mavjud emas; va
  • Taqdimotingizdan P&G tomonidan foydalanilishi bu Shartlarni buzmaydi va u hech qanday jismoniy yoki yuridik shaxsga zarar etkazmaydi.

Agar Taqdimot reklama, lotereya, tanlov, sovg'a yoki shunga o'xshash dasturga biron-bir tarzda bog'liq bo'lsa, Qo'shimcha shartlar qo'llanilishi mumkin. Saytlarda ifodalangan yoki taqdim etilgan Taqdimotlar tarkibidagi har qanday fikr, maslahat, bayonot, xizmat, taklif yoki boshqa ma'lumotlar P&G emas, balki tegishli muallif(lar)ning yoki distribyutor(lar)ning fikri hisoblanadi. Biz aniqligi, to'liqligi yoki foydasi yoki bunday taqdim etilishini maqullamaymiz yoki bunga hech qanday kafolat bermaymiz.

P&G Saytga kiradigan foydalanuvchilar tomonidan joylashtirilgan yoki yaratgan barcha Taqdimotlarni ko'rib chiqmaydi va ko'rib chiqa olmaydi, bu Taqdimotlar mazmuni uchun biror tarzda javobgar bo'lib hisoblanmaydi. Sizga Saytda foydalanuvchi tomonidan yaratilgan kontentni ko'rish va tarqatish qobiliyatini taqdim etish orqali P&G faqat bunday tarqatish uchun passiv kanal sifatida harakat qiladi va Saytda taqdim etilgan har qanday Taqdimotlar yoki faoliyatlar bilan bog'liq hech qanday javobgarlik yoki majburiyatni o'z zimmasiga olmaydi. P&G biror-bir Taqdimotni chop qilish yoki undan foydalanish majburiyatiga ega emas. P&G o'z ixtiyoriga ko'ra (a) haqoratlovchi, ahloqsiz yoki uyatsiz, (b) yolg'on, aldamchi yoki chalg'ituvchi, (c) boshqalarning mualliflik huquqi, savdo belgisi yoki; boshqa intellektual mulkchilik huquqni buzuvchi yoki (d) har qanday qonun yoki tartibni buzuvchi yoki (e) tajovuzkor yoki boshqa tarzda qabul qilib bo'lmaydigan, deb topilgan Taqdimot va/yoki foydalanuvchilarni bloklash yoki olib tashlash huquqini o'zida saqlab qoladi. Shuni yodda tutingki, siz chop qilishingiz yoki o'tkazishingiz mumkin bo'lgan har qanday shaxsni tanituvchi ma'lumotlar Procter & Gamble tomonidan Procter & Gamble kompaniyasining Maxfiylik bayonnomasiga ko'ra qayta ishlanadi. Biz sizdan Maxfiylik bayonnomamizda , o'rnatilgan yo'riqnomalar ostida to'plashimiz mumkin bo'lgan shaxsni tanituvchi ma'lumotlardan tashqari har qanday Taqdimot sir tutilmaydigan va shaxsiy bo'lmagan deb hisoblanadi. P&G Taqdimotlarga nisbatan hech qanday majburiyatlarga ega emas.

Taqdimotni taqdim etish orqali siz quyidagilardan har birini P&G ga taqdim etasiz:

  • bunday Taqdimot(lar)dan butunligicha yoki bir qismini hozirda ma'lum bo'lgan yoki keyinchalik kashf qilinadigan istalgan media, format yoki texnologiyada, onlayn yoki oflayn tarzda va istalgan ko'rinishda, jumladan barcha ilgari surish, ommaviy ko'rish va/yoki sharhlash (P&G veb-sahifalarida yoki uchinchi tomonlarning veb-sahifalarida), reklama, marketing, merchandayzing, ommaviy va tijoriy foydaanishlar va bu erda keltirilgan qo'shimcha foydalanishlar maqsadlarida sizga bildirishnoma berish yoki to'lov to'lash yoki sizdan ruxsat olishlarsiz foydalanish, u(lar)ni monitoring qilish, qayta ko'rib chiqish, takrorlash, o'zgartirish, moslashtirish, nashr qilish, tarjima qilish, hosilaviy mahsulotlari yaratish, tarqatish, o'tkazish, ko'rsatish huquqini beruvchi favqulodda bo'lmagan, dunyo miqiyosida amal qiluvchi, doimiy, qaytarib berilmaydigan, to'liq to'lanadigan, to'lovsiz, to'liq sublitsenziyali va o'tkazish mumkin bo'lgan huquq va litsenziya (qonun tomonidan taqiqlangan hollar bundan mustasno);
  • Taqdimot(lar)da kompozit yoki buzilgan shaklda mavjud bo'lgan ismingiz, taxallusingiz, foydalanuvchi nomingiz, biografik ma'lumotlaringiz, ovozli yozuvlaringiz va/yoki suratlaringiz, fotosuratlaringiz yoki videokliplaringiz, portretlaringiz, o'xshatishlaringiz yoki rasmlaringiz yoki ommaviylikka bo'lgan huquqingizning istalgan belgisidan foydalanish uchun hozirda ma'lum bo'lgan yoki keyinchalik kashf qilinadigan istalgan media, format yoki texnologiyada, onlayn yoki oflayn tarzda va istalgan ko'rinishda, jumladan barcha ilgari surish, ommaviy ko'rish va/yoki sharhlash (P&G veb-sahifalarida yoki uchinchi tomonlarning veb-sahifalarida), reklama, marketing, merchandayzing, ommaviy va tijoriy foydaanishlar va bu erda keltirilgan qo'shimcha foydalanishlar maqsadlarida sizga bildirishnoma berish yoki to'lov to'lash yoki sizdan ruxsat olishlarsiz foydalanish, u(lar)ni monitoring qilish, qayta ko'rib chiqish, takrorlash, o'zgartirish, moslashtirish, nashr qilish, tarjima qilish, hosilaviy mahsulotlari yaratish, tarqatish, o'tkazish, ko'rsatish huquqini beruvchi cheklanmagan, dunyo miqiyosida amal qiluvchi, doimiy, qaytarib berilmaydigan, to'liq to'lanadigan, to'lovsiz, to'liq sublitsenziyali va o'tkazish mumkin bo'lgan huquq va litsenziya (qonun tomonidan taqiqlangan hollar bundan mustasno).

Siz yana yuqorida sanab o'tilgan har qanday foydalanish uchun Taqdimot(lar)ingizda mavjud bo'lgan har qanday ma'naviy huquqdan voz kechishga rozi bo'lasiz.

Taqdimotni taqdim etish orqali siz o'zingiz va merosxo'rlaringiz, tayinlagan shaxslaringiz va vakillaringiz nomidan P&G va uning tegishli mansabdor shaxslari, direktorlari va xodimlarini bunday Taqdimotdan foydalanish, jumladan har qanday va barcha yolg'on reklama, mualliflik huquqining buzilishlari, shaxsiy hayotga suqilib kirish, ommaviylik yoki ma'naviy huquqlarining buzilishi va/yoki obro'sizlantirish bilan bog'liq holda kelib chiquvchi har qanday va barcha turdagi da'volar, sud jarayonlari, harakatlar, talablar, javobgarliklar va har qanday turdagi zararlardan ozod qilish, himoya qilish va zarar yetkazmaslik va zararlarni qoplab berishga rozi bo'lasiz. Yuqorida aytilganlarni cheklamagan holda siz har qanday holatda ham Taqdimot yoki bunday Taqdimotga kiritilgan O'zingizning Shaxsiy kontentingizdan foydalanish yoki yuborida aytib o'tilgani kabi istalgan P&G huquqidan foydalanilishiga qo'shilish, bunday foydalanishni cheklash yoki unga aralashish huquqiga ega bo'lmaysiz va bunday huquqlardan voz kechasiz.

Siz P&G sizga Taqdimotni taqdim etishga ruxsat berishda sizning bayonotlaringiz, huquqlarni taqdim etishlaringiz, huquqlardan voz kechishlaringizga tayanishini tushinasiz. Siz ushbu Kelishuvda mavjud bo'lgan huquqlar va litsenziyalarni va/yoki chiqarilgan hujjatlarni to'xata yoki bekor qila olmasligingizni tan olasiz.

P&G sizning Taqdimotni tahrirlash yoki o'chirish imkoniyatiga ega bo'lishingizni kafolatlamaydi. Siz istalgan Taqdimot(lar)ning mazmuni uchun P&G emas, balki o'zingiz javobgar ekanligini tan olasiz.

Yuqoriga qaytish

Ahloq kodeksi

Istalgan Saytga yoki Saytimiz orqali taqdim etilgan har qanday boshqa xususiyatga, jumladan Saytimizga Taqdimotni taqdim etishda kirish yoki ulardan foydalanish orqali siz quyidagi ahloq standartlariga amal qilishga rozi bo'lasiz. Siz o'zingiz quyidagilarni qilmaslikka yoki boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga bularni qilishga vakolat bermaslikka yoki qilishga urinishga imkon bermaslikka rozi bo'lasiz:

  • Ushbu Shartlarni buzgan holda Saytdan foydalanish;
  • Istalgan Saytning istalgan qismini qayta yaratish, dublikatlash, nusxa olish, sotish, qayta sotish yoki istalgan tijoriy maqsadda foydalanish yoki Saytdan foydalanish yoki kirish;
  • Boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsni ta'qib qilish, unga tahdid qilish, atayin uyaltirish yoki asabiylashtirish;
  • Boshqa jismoniy yoki yuridik shaxsga o'xshab ko'rinish;
  • Har qanday ko'p darajali marketing yoki piramida sxemalarini ilgari surish, himoya qilish yoki ularda qatnashish;
  • O'n sakkiz (18) yoshdan kichik bo'lgan har qanday shaxsdan shaxsiy ma'lumotlarni so'rash;
  • Forumni monopoliyalashtirish uchun ko'p sondagi xabarlarni yuborish yoki forum mavzusiga tegishli bo'lmagan materiallarni chop qilish kabi buzg'unchi harakatlar bilan shug'ullanish;
  • Viruslar, qurtlar, Troyan otlari, zararli kodlar yoki tarkibida veb-saytga zararli bo'lgan komponent mavjud bo'lgan dasturiy ta'minot yoki boshqa materiallarni kiritish;
  • Saytning istalgan kompyuter tizimi yoki ommaviy bo'lmagan qismiga ruxsatsiz kirish huquqini qo'lgan kiritish yoki Saytlar, Saytlarga ulangan serverlar yoki tarmoqlar ishiga halaqit berish yoki ishlashishi buzish;
  • Har qanday shaxsning maxfiyligini buzish, jumladan uning roziligini olmasdan turib shaxsning shaxsini tanituvchi yoki boshqa tarzda shaxsiy yoki maxfiy ma'lumotlarini chop qilish yoki Saytlarning foydalanuvchilari haqidagi shaxsni tanituvchi ma'lumotlari to'plash;
  • Jinoiy yoki fuqarolik jinoyatini sodir etadigan yoki federal, davlat, mahalliy yoki xalqaro qonun yoki qoidalarni buzadigan xatti-harakatni amalga oshirish niyatida ko'rsatma berish yoki muhokama qilish.

P&G boshqa Foydalanuvchilarning yuqoridagi Ahloq kodeksi yoki ushbu Shartlarning boshqa istalgan qoidalariga muvofiq ekanliklari yoki muvofiq bo'lishlariga kafolat bera olmaydi va kafolat bermaydi va siz bilan biz o'rtamizda bo'lgani kabi bunday muvofiqlikning yo'qligidan kelib chiqadigan barcha zarar yoki jarohat xavfini ushbu orqali o'z zimmangizga olasiz.

Yuqoriga qaytish

Bizga murojaat qiling

Agar ushbu Shartlar savolingizga javob bermasa yoki Ahloq kodeksimizning buzilishi haqida xabar bermoqchi bo'lsangiz, quyidagi manzillar bo'yicha bizga murojaat qiling:

Pochta orqali:

The Procter & Gamble Company
One Procter & Gamble Plaza
Cincinnati, Ohio 45202
United States

Elektron pochta

www.pg.com/en_UK/ saytiga o'ting va sahifaning quyi qismidagi "Bizga murojaat qiling" havolasini bosing.

Yuqoriga qaytish

Mualliflik huquqi 2001-2016 P&G. Barcha huquqlar himoyalangan.